16:50 / 09.08.2018
153501

Azim Axmedxo‘jayev lavozimdan olindi

O‘zbekiston axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Azim Isroilovich Axmedxo‘jayev lavozimidan ozod qilindi.

«Kun.uz» manbasi ma'lumot berishicha, endilikda vazirlikni O‘zbekiston prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligining sobiq direktori Shuhrat Sodiqov boshqaradi.

Vazirlik matbuot xizmati xabariga ko‘ra, Azim Axmedxo‘jayev endi Loyiha boshqaruvi milliy agentligida raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish bo‘yicha kurator bo‘lgan.

Foto: Azim Axmedxo‘jayev

2017-2018 yillarda Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasini boshqargan Axmedxo‘jayev 2018 yilning fevralida O‘zbekiston axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri lavozimiga tayinlangandi.

Shuhrat Sodiqov 2010 yildan Vazirlar Mahkamasining axborot tizimlari va telekommunikatsiyalar masalalari bo‘yicha axborot-tahlil departamenti mudiri bo‘lib ishlagan. Undan avval — 2008−2010 yillarda esa «O‘zbektelekom» kompaniyasi direktori, 2006−2008 yillarda bosh direktor o‘rinbosari sifatida faoliyat yuritgan.

Foto: Shuhrat Sodiqov / infocom.uz

U 2017 yil avgustida Loyiha boshqaruvi milliy agentligiga rahbar etib tayinlangan edi.

Eslatib o‘tamiz, 8 avgust kuni «O‘zbektelekom» rahbari Farhod Ro‘ziyev ishdan olingan va kompaniya tijoriy direktori etib tayinlangandi. Ro‘ziyevning o‘rniga 2016—2018 yillarda ham shu kompaniyani boshqargan Shuhrat Sodiqov «O‘zbektelekom» rahbari etib tayinlangandi.

Mavzuga oid
Top