14:22 / 09.08.2018
7748

«Chelsi» Kovachich transferini e'lon qildi

Foto: Chelsi

«Chelsi» «Real»dan Mateo Kovachichni o‘z safiga qo‘shib olgani haqida rasman e'lon qildi.

24 yoshli xavbek London klubiga bir yil muddatga ijaraga o‘tgan.

«Ko‘klar» klubi rasmiy saytidagi xabarda futbolchining keyinroq sotib olinishi haqida aytilmagan.

Xorvatiyalik futbolchining ijarasi «Chelsi» darvozaboni Tibo Kurtuaning «Real»ga transferi doirasida amalga oshdi.

«Real» Kovachichni «Inter»dan 2015 yilda sotib olgandi, ammo xorvatiyalik futbolchi jamoaning asosiy tarkibiga kira olmadi. Ammo u jamoa bilan o‘tgan vaqt ichida 9 sovrinni qo‘lga kiritdi, jumladan, uch marta qatorasiga YeChL g‘olibi bo‘ldi va bir marta Ispaniya chempionatida g‘olib chiqdi.

Top