09:14 / 10.08.2018
6074

BMT bosh kotibi Yamandagi hodisa yuzasidan bayonot berdi

Foto: AP

BMT bosh kotibi Antoniu Guterresh Yamanda ichida bolalar bo‘lgan avtobusga qilingan hujum haqida gapirdi. Bu haqda bosh kotibning saytida xabar berilgan.

Ta'kidlanishicha, Guterresh hujumni qoralab, voqeani to‘liq va oshkora tergov qilishga chaqirdi.

Shuningdek, BMT bosh kotibi barcha tomonlarni mojarodagi keskinlikni bartaraf etish va siyosiy jarayonda konstruktiv ishtirok etishga chaqirgan.

Shu bilan birga, Guterresh avtobusga qilingan hujum natijasida halok bo‘lganlarning oilalariga hamdardlik bildirdi.

Avvalroq, Yamanda ichida bolalar bo‘lgan avtobusga hujum natijasida halok bo‘lganlar soni 50 kishiga yetgani xabar qilingandi.

Ta'kidlanishicha, hujum chog‘ida yana 77 kishi jarohat olgan.

Top