10:00 / 10.08.2018
3456

Facebook’da 3D-printerda qurol tayyorlashni o‘rgatuvchi chizmalarni joylashtirish taqiqlandi

Foto: Depositphotos

Facebook ijtimoiy tarmog‘i foydalanuvchilarga 3D-printerda qurol tayyorlashni o‘rgatuvchi chizmalarni joylashtirishni taqiqladi. Bu haqda CNN xabar bermoqda.

Telekanal xabariga ko‘ra, Facebook shuningdek, bunday ma'lumotlar foydalanuvchi sahifasidan o‘chirib tashlanishini ma'lum qilgan.

Avvalroq Vashington shtati federal sudi 3D-printerda qurol tayyorlashni o‘rgatuvchi qo‘llanmalarni chop etish taqiqlanishi to‘g‘risida qaror chiqargandi.

Mavzuga oid
Top