14:53 / 10.08.2018
10296

Milliarder giyohvand moddalarni saqlagani uchun qo‘lga olindi

Foto: twitter.com/@Los Angeles Best Of

Las-Vegas politsiyasi giyohvand moddalarni saqlaganligi uchun milliarder Genri Nikolas IIIni qo‘lga oldi. Bu haqda TMZ xabar bermoqda.

Portal ma'lumotlariga ko‘ra, Broadcom kompaniyasining asoschilaridan birining yonidan ichida marixuana va boshqa giyohvand moddalar bo‘lgan ikki chamadon topilgan.

Ta'kidlanishicha, politsiya Nikolasni giyohvand moddalar savdosida gumon qilmoqda.

Shu bilan birga, mehmonxona xonasidan hushsiz holda topilgan milliarderning qiz do‘sti Eshli Fargo ham qo‘lga olindi.

Forbes ma'lumotiga ko‘ra, ayni vaqtda Genri Nikolas IIIning boyligi 3,1 milliard dollarga baholanmoqda.

Top