14:03 / 11.08.2018
13268
Alisher Usmonov Xalqaro olimpiya qo‘mitasi komissiyasining tarkibiga kirdi
Foto: "Utro"

Xalqaro qilichbozlik federatsiyasi prezidenti Alisher Usmonov Xalqaro olimpiya qo‘mitasi komissiyasi tarkibiga kirdi. Bu haqda XOQ matbuot xizmati xabar qildi.

Alisher Usmonov «Olimpiya kanali» komissiyasining a'zosi bo‘ldi. Umuman olganda, Xalqaro olimpiya qo‘mitasida 26ta doimiy va vaqtinchalik komissiya bor.

O‘tgan yili Xalqaro olimpiya qo‘mitasi 2020 yilgi Tokiodagi Olimpiada o‘yinlari dasturiga erkaklar va ayollar o‘rtasida qilichbozlik bo‘yicha jamoaviy musobaqalarni kiritishga qaror qildi.

Usmonov ushbu qarorni muhim ahamiyatga ega, deb atadi. Uning ta'kidlashicha, Olimpiya o‘yinlarida ishtirok etadigan barcha qilichbozlar uchun endi teng huquqlar yaratildi.

Mavzuga oid
Top