08:14 / 11.08.2018
8402

Eron Fors ko‘rfazida kemalarga qarshi raketani sinovdan o‘tkazdi

Foto: Misión Verdad

O‘tgan haftada Fors ko‘rfazida bo‘lib o‘tgan mashqlar vaqtida Eron bir yildan ortiq vaqt mobaynida kemalarga qarshi kichik masofadagi raketani sinov tariqasida uchirdi. Bu haqda Reuters Qo‘shma Shtatlar ma'muriyatidagi manbaga asosan xabar bermoqda.

Ta'kidlanishicha, raketa Ormuz bo‘g‘ozida uchirilgan. Manbaning fikriga ko‘ra, Eron rasmiylari shu yo‘l bilan Vashingtonga davlatlar o‘rtasidagi munosabatlar keskinlashadigan bo‘lsa, o‘zining militaristik niyatlari jiddiyligi to‘g‘risida xabar yubordilar. Shu bilan birga, manbaning qo‘shimcha qilishicha, bunday sinov parvozlari dengizdagi harbiy mashqlar paytida u qadar noodatiy narsa emas. Uning so‘zlariga ko‘ra, raketa boshqa mamlakatlar chegaralarini kesib o‘tmadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Tramp Eron bilan biznes yuritadigan mamlakatlarga ultimatum qo‘ygandi.

Top