18:00 / 11.08.2018
14435

Payariq tumanidagi maktab direktori o‘rinbosari 100 dollar pora bilan qo‘lga tushdi

Payariq tumanidagi maktablardan birida o‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari vazifasida 2010 yildan buyon ishlab kelayotgan Z.X. o‘z mansab vakolatlarini suiiste'mol qilib, shu tumanda istiqomat qiluvchi fuqaro Sh.Sh.dan maktabga ishga joylashishda yordam qilishini aytib, 100 AQSh dollari miqdorida pora so‘ragan.

Fuqaro Sh.Sh. bu haqda huquq-tartibot idoralariga ma'lum qilgan va Z.X. 100 AQSh dollarini olayotgan chog‘da, jinoyat ustida qo‘lga olingan.

Ayni paytda mazkur holat yuzasidan Z.X.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 1-qismi va 211-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi ochilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Top