11:04 / 11.08.2018
27648
Reklama

Toshkentda ko‘p brendli AVTORITET avtojamlanmalar tarmog‘i ochildi

2018 yilning 11 avgustida Toshkent shahrining Shayxontohur tumani, Nurafshon ko‘chasida ko‘p brendli AVTORITET avtojamlanmalar tarmog‘ining birinchi jamlanmasi ochildi. Avtojamlanmalar tarmog‘i O‘zbekistonda servis xizmatlari segmentini va avtoehtiyot qismlar savdosini yanada yuqori cho‘qqilarga olib chiqishi kutilmoqda.

Foto: AVTORITET

AVTORITET avtojamlanmasi tarkibiga quyidagilar kiradi:

  • Har qanday yengil transport turiga xizmat ko‘rsata oladigan servis markazi;
  • Respublikada yagona keng assortimentda avtomobil ehtiyot qismlari, moylar, avtomobilni tozalash mahsulotlari va boshqalar sotiladigan supermarket;
  • Yevropaning AZ Spa, Carmec, Rossiyaning «Motor texnika», VTM Group, Amerikaning NEWAY, KWI-WAY  brendlari kabi yetakchi stanok ishlab chiqaruvchilarining faqat zamonaviy uskunalari bilan jihozlangan mexanika ustaxonasi;
  • Eng zamonaviy uskunalar bilan jihozlangan avtomobil yuvish shoxobchasi;
  • Kafe, bolalar o‘yin maydonchasi, televideniye xonasi va boshqalarni o‘z ichiga olgan haydovchilar uchun qulay kutish zonasi. Uning muhim jihati shundaki, kutish zonalari erkaklar va ayollar zonalariga ajratilgan. Ushbu jihat hamma uchun yanada yuqori darajadagi qulaylikni yaratadi;
  • Avtomobillarni puxta tozalash bo‘yicha xizmatlar majmuasi: avtomobilning ichki va tashqi ko‘rinishiga professional xizmat ko‘rsatish.

Ehtiyot qismlar supermarketida ko‘p brendli avtomobil ehtiyot qismlari, moylar, aksessuarlarning ko‘plab turlari va avtomobillar uchun boshqa qismlar taqdim etiladi. Sotuvchi-maslahatchilar mahsulot tanlashga va supermarketda sayr qilib, yaqindan tanishishga yordam berishadi. Zarur ehtiyot qismlarni sotib olib, ularni darhol servis markazida almashtirish mumkin.

To‘laqonli avtoservis esa avtojamlanmaning “yuragi”ga aylanadi, unda kompyuter diagnostikasidan boshlab kuzovni ta'mirlashgacha bo‘lgan barcha ish turlari bajariladi. Shuningdek, AVTORITET brendi ostida GPS-navigatsiya bilan jihozlangan yangi va zamonaviy evakuatorlarga ega evakuatsiya xizmati faoliyat yuritadi.

Mijozlar foydasini ko‘zlaydigan narx siyosati, to‘lovning turli shakllari joriy qilingan, shuningdek, bonusli jamg‘arma dasturlari ham ko‘zda tutilgan.

Foto: AVTORITET

Uydan yoki ofisdan chiqmasdan xaridlarni amalga oshirish – AVTORITET avtojamlanmasining imkoniyatlaridan yana biridir. Xaridlarni internet-do‘kon orqali amalga oshirish mumkin.

Ko‘p brendli avtojamlanmaning birinchi shoxobchalari Toshkentda ochiladi: oldin Nurafshon ko‘chasida, keyin Chig‘atoyda, undan keyin esa “Uzbum”da. Keyinchalik shaharning boshqa tumanlarida ham: Sergeli, Yashnobod, Chilonzor va boshqalar. Keyingi bosqichda mamlakatimizning boshqa viloyatlarida filiallar ochiladi.

Manzil: Toshkent sh., Shayxontohur tumani, Nurafshon ko‘chasi

Mo‘ljal: Shedevr Garden restorani

Tel.: +99871 203-09-90, +99899 871-09-90

Facebook: www.fb.com/avtoritet.uzbekistan

Instagram: www.instagram.com/avtoritet.uzbekistan

Telegram-kanal: https://t.me/avtoritetservice

Reklama huquqi asosida

Top