21:00 / 12.08.2018
4976

Shanxayda kuchli yomg‘irlar tufayli 160dan ortiq reys bekor qilindi

Foto: CC BY 2.0 / sama093 / Plane

Yaqinlashib kelayotgan "Yagi" tayfuni tufayli tinimsiz yog‘ayotgan kuchli yomg‘irlar Shanxay aeroportida 166ta reysning bekor qilinishiga sabab bo‘ldi.
Ayrim reyslar 2 soatdan 4 soatgacha kechikmoqda.

Bu yilgi tayfunlarning o‘n to‘rtinchisi bo‘lgan "Yagi" Xitoyning sharqiy sohillariga dushanbaga o‘tar kechasi yetib keladi. Tayfun Chjetszyan, Shandun, Futszyan, Tszyansu viloyatlaridagi ob-havoga ta'sir qilib ulgurdi. 

Avvalroq, kuchli yomg‘irlar sababli Pekindagi qator sayyohlik obektlari yopilgani xabar qilingandi.

Mavzuga oid
Top