15:37 / 13.08.2018
11033

Toshkentda tanishini pichoqlagan ayol qo‘lga olindi

Foto: KUN.UZ

11 avgust kuni Toshkent shahrining Mirzo Ulug‘bek tumanida jinoyat yuz berdi, deb xabar qilmoqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi.

Qayd etilishicha, shu tumanda yashovchi T.G. ismli ayol mast holda uyida o‘zaro janjal oqibatida tanishi M.M.ga pichoq bilan jarohat yetkazgan.

Natijada M.M. kasalxonaga yotqizilgan. T.G. ushlangan.

Top