18:28 / 14.08.2018
7467

Yanvar-iyun oylarida aholi jon boshiga YaIM 4,6 mln so‘mdan to‘g‘ri keldi

Foto: KUN.UZ

Joriy yilning birinchi yarim yilligida mamlakatning yalpi ichki mahsuloti qariyb 153 trln so‘mni tashkil etib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 4,9 foizga o‘sgan. Bu haqda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi saytida xabar berilgan.

Qayd etilishicha, bu aholi jon boshiga hisoblanganda 4,6 mln so‘mni tashkil etgan va bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 3,1 foizga ortgan.

Shu bilan birga, 2017 yilning mos davriga nisbatan sanoat – 6,1 foizga, qishloq, o‘rmon va baliq xo‘jaligi – 2,7 foizga, qurilish – 9,7 foizga, savdo, yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar – 1,7 foizga, boshqa xizmatlar sohasi – 5,0 foizga o‘sishiga erishilgan.

Mavzuga oid
Top