15:59 / 14.08.2018
18099

Kreml AQSh sanksiyalari haqida: yaxshilik bilan tugamaydi

Foto: Sergey Guneyev/RIA «Novosti»

Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskovning ma'lum qilishicha, AQSh tomonidan Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalarning joriy qilinishi ikki tomonlama munosabatlar uchun yaxshilik bilan tugamaydi. Bu haqda RIA «Novosti» xabar qildi.

Peskovning ta'kidlashicha, Rossiya hukumati sanksiyalar bo‘yicha qonun loyihalariga javob bermayapti, biroq ularni jiddiylik bilan kuzatib boryapti.

«Bizning pozitsiyamiz yaxshi ma'lum, u bu cheklov choralariga nisbatan o‘zgarmaydi. Bu ikki tomonlama munosabatlar uchun yaxshi natija bermaydi», - deya aytib o‘tdi Peskov. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar AQShga zarba bo‘lib tushishi mumkinligi aytilgandi

Top