00:21 / 14.08.2018
3535
RPL. «Zenit» qatorasiga uchinchi g‘alabani qo‘lga kiritdi

Rossiya Premer-Ligasida 3-tur o‘yinlari yakunlandi.

«Rubin» o‘z maydonida «Zenit» bilan bellashdi va 0:1 hisobida yutqazdi. Yagona golni 78-daqiqada Yeroxin urdi. Qizig‘i shundaki, «Zenit» 71-daqiqada Kuzyayev chetlatilganidan so‘ng, bir futbolchi kam bo‘lib qolgan edi.

Bu piterliklarning chempionatdagi qatorasiga 3-g‘alabasi bo‘ldi. natijada «Zenit» 9 ochko jamg‘arib, 100% natija bilan peshqadamlikni saqlab qoldi. «Rubin» 4 ochko bilan 8-o‘rinda bormoqda. 

RPL, 3-tur
Rubin – Zenit 0:1 
13 avgust, «Qozon-Arena» 
Gol: 0:1 – 78 Yeroxin. 
s – Janayev, Chiko, Navas, Sorokin, Kambolov, Mogilevets, Bayramyan, Konovalov, Kudryashov (Ustinov, 45), Buxarov (Shekari, 46), Azmun.
Zenit – Lunev, Mevlya, Ivanovich, Smolnikov, Nabiullin, Kuzyayev, Noboa, Shatov (Yeroxin, 46), Paredes, Mak, Dzyuba.
Ogohlantirishlar: Kudryashov (43), Mevlya (54), Kuzyayev (64), Konovalov (73).
Chetlatish: Kuzyayev (71).

Top