08:11 / 14.08.2018
13334

Samarqandda yil boshidan beri korrupsiya bilan bog‘liq nechta jinoyat ishi ochildi?

Foto: Depositphotos

Samarqand viloyati prokuraturasi tomonidan 2018 yilning o‘tgan davrida korruptsion jinoyatlarni fosh etish borasida 93 ta jinoyat ishlari qo‘zg‘atilgan, deb xabar bermoqda Zarnews.

— Tahlillarga ko‘ra, 125 nafar mansabdor shaxslarning jinoiy javobgarlik masalasi hal etildi, - deydi viloyat prokuraturasi Uyushgan jinoyatchilik va korrupsiyaga qarshi kurash bo‘limi alohida muhim ishlari bo‘yicha katta tergovchisi J.Rashidov. - Jinoyati fosh etilgan mansabdor shaxslarning 3 nafari viloyat va 122 nafari tuman-shahar miqyosidagi idoralar, korxona tashkilot va muassasalarda rahbar lavozimlarida faoliyat ko‘rsatganlardir.

Tergovchining aytishicha, ularning jinoyatlari mamlakat taraqqiyotiga jiddiy to‘siq bo‘lib, iqtisodiyotga jami 5 mlrd 817 mln 967 ming so‘m miqdorida moddiy zarar yetkazgan.

Mavzuga oid
Top