19:07 / 14.08.2018
13004

Shotlandiyalik erkak oyoq o‘lchami kattaligi uchun ishsiz qoldi

Foto: thescottishsun.co.uk

Shotlandiyalik erkak oyoq o‘lchami kattaligi bois bir necha yildan beri ishga joylasha olmayapti, deb xabar bermoqda The Sun nashri.

39 yoshli Devid Xendersonning oyoq kafti uzunligi 30 santimetr, eni esa 18 santimetrga teng. U oyog‘iga loyiq keladigan yagona poyabzal Britaniya o‘lchami bo‘yicha 19 (Yevropadagi 55-o‘lcham) o‘lchamli oq rangdagi Adidas krossovkasidir.

Xenderson yoshligida qo‘riqchi, farrosh va do‘kon sotuvchisi bo‘lib ishlagan, ammo keyingi paytda davlat nafaqasi hisobiga yashamoqda. Ishga kirish oldidan suhbatlashishga kelganida oyog‘ida qora poyabzal bo‘lmasligi tufayli uni hech qachon ishga olmasliklariga Xendersonning ishonchi komil. 

«Ishga joylashish uchun futbolka va krossovkada kelgan paytimda o‘zimni ko‘chadagi daydidek his qilaman, — deydi u. — Ammo oyog‘imga katta krossovka kiyib, egnimga jiddiy kostyum kiyib borsam juda antiqa ko‘rinadi». 

Xenderson Londondan buyurtma bo‘yicha poyabzal tikadigan usta ham topdi. Usta 1,5 ming funt sterling evaziga unga 19-o‘lchamdagi qora rangli charm poyabzal tikib berishga tayyor. Ammo ishsiz shotlandiyalikda buncha pul yo‘q.

Mart oyida Britaniyaning Beri-Sent-Edmunds  shahrida yashovchi 16 yoshli Brendon Marshallning bo‘yi 224 santimetrga yetgani xabar qilingandi. Unga loyiq keladigan kiyim va ayniqsa poyabzal topish qiyin bo‘lmoqda – yigitchaning oyoq o‘lchami 17ga (52-o‘lcham) teng.

Mavzuga oid
Top