08:33 / 14.08.2018
11389

Surxondaryoda yong‘in: bir inson halok bo‘ldi

Illyustrativ foto

12 avgust kuni Surxondaryo viloyatining Termiz tumanida yashovchi N.M.ning uyi molxonasida yong‘in sodir bo‘lgan. 

O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabariga ko‘ra, ko‘rilgan choralar natijasida yong‘in o‘chirilgan.

Yong‘in natijasida molxonaning 20 kv. metr maydonda tom qismi va xashaklari yonib zarar ko‘rgan hamda yong‘in o‘chirish vaqtida N.M.ning turmush o‘rtog‘i F.Sh. ismli ayolning kuygan holdagi jasadi topilgan. Surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Top