14:52 / 15.08.2018
9348

Butun dunyo bo‘ylab bankomatlardan pul yechib olishning yo‘li ma'lum qilindi

Foto: AP/Ann Heisenfelt

FQB Amerika banklarini dunyoning turli burchaklaridagi bankomatlardan millionlab dollar pul chiqarib olishni rejalashtirgan xakerlar haqida ogohlantirdi. Bu o‘z saytida kiberxavfsizlik bo‘yicha mutaxassis Brayan Krebs xabar berdi.

Mahkama xodimlarining ta'kidlashicha, yaqin vaqt ichida kiberjinoyatchilar cheksiz miqdorda pul mablag‘larini chiqarib olish uchun bankomatlarga global hujum qilishni rejalashtirmoqda. Byuroning ma'lumotlariga ko‘ra, firibgarlar emitent ma'lumotlariga kirishni, darknetda debet va kredit kartalari raqamlarini sotib olish, keyinchalik soxta kartalar tayyorlashni mo‘ljallagan.

Bank-emitentni buzib kirgach, xakerlar firibgarlikdan himoya qilish tizimini o‘chirib qo‘yishlari mumkin, bu hisoblardagi qoldiqlarni o‘zgartirish va bankomatlardan chiqarib olish uchun pulning maksimal miqdorini oshirish imkonini beradi.

FQB banklarga zararli dasturiy ta'minot yoki ruxsatsiz kirish borasida barcha tizimlarni tekshirishni maslahat berdi. Shuningdek, yirik miqdordagi pulni chiqarib olish uchun ikki omilli autentifikatsiyani joriy qilish hamda yirik miqdordagi pulni yechib olish bo‘yicha amaliyotlarning holatini tekshirib borish tavsiya etildi.

Top