19:05 / 16.08.2018
24989

O‘zbekiston olimpiyachilari Qatarni yirik hisobda yengib, pley-offga chiqishdi

Foto: KUN.UZ

O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi bugun Osiyo o‘yinlaridan o‘rin olgan ikkinchi o‘yinni Qatar yoshlariga qarshi o‘tkazdi.

Bellashuv to‘lig‘icha terma jamoamiz ustunligi ostida o‘tdi. 37-daqiqada Zabihullo O‘rinboyev hisobni ochgan bo‘lsa, 43-daqiqada Ikrom Aliboyev jarimadan ajoyib gol urib, hisobni 2:0ga yetkazdi.

Ikkinchi bo‘limni faol boshlagan futbolchilarimiz tezkor gol urishga muvaffaq bo‘lishdi. Doston Hamdamov 47-daqiqada raqibni chiroyli tarzda aldab, Qatar darvozasini ishg‘ol qildi – 3:0. 49-daqiqada Javohir Sidiqov bo‘sh qolgan darvozaga osonlik bilan to‘pni yo‘llab hisobni 4:0ga yetkazgan bo‘lsa, 53-daqiqada Jaloliddin Masharipov o‘ziga nisbatan ishlatilgan qo‘pollikdan so‘ng penaltidan gol kiritdi va hisob 5:0ga yetdi. 76-daqiqada esa zaxiradan maydonga tushgan Bobur Abduxoliqov Qatar darvozasiga gol kiritib, yakuniy hisob 6:0 bo‘lishini ta'minladi. 

Bu g‘alaba Ravshan Haydarov shogirdlariga muddatidan avval 1-o‘rinni qo‘lga kiritib, keyingi bosqichga chiqish imkoniyatini berdi. So‘nggi tur o‘yinini vakillarimiz Tailand yoshlariga qarshi o‘tkazishadi.

Osiyo o‘yinlari. Jakarta-2018
V guruhi, 2-tur, 16 avgust
Qatar U23 - O‘zbekiston U23 - 0:6
Gollar: Z.O‘rinboyev (37), I.Aliboyev (43), D.Hamdamov (47), J.Sidiqov (49), J.Masharipov (53 pen), B.Abduxoliqov (76)
Qatar OTJ: M.Badriddin, T.Salmon, U.Alimadiy, T.Almuhaza, A.Hesaba, M. Al Shammariy, N.Al nasr,J.Omar, M.Faraj, A.Al Saadiy, O. Al Ahmad.
O‘zbekiston OTJ: Botirali Ergashev, Abbos Otaxonov (Doniyor Narzullayev, 55), Doston Tursunov, Rustam Ashurmatov, Akrom Komilov, Ikrom Aliboyev, Odil Hamrobekov, Doston Hamdamov, Javohir Sidiqov (Jasurbek Yaxshiboyev, 76), Jaloliddin Masharipov, Zabihullo O‘rinboyev (B.Abduxoliqov, 60).

Top