14:51 / 17.08.2018
9988

MRBning 6 nafar sobiq rahbari Trampga qarshi chiqdi

Foto: AP

AQSh xavfsizlik xizmatining sobiq xodimlari va Markaziy razvedka boshqarmasi (MRB)ning olti nafar sobiq direktori Qo‘shma Shtatlar prezidenti Donald Tramp tanqid ostiga olingan qo‘shma xatni imzoladi. Bunga Trampning Markaziy razvedka boshqarmasi sobiq direktori Jon Brennan maxfiy ma'lumotlariga kirishni rad etish to‘g‘risidagi qarori sabab bo‘ldi. Bu haqda The Daily Beast nashri xabar qildi.

Maktubni AQSh razvedkasining sobiq 12 nafar yuqori lavozimli mulozimi imzoladi. Unda sobiq amaldorlar Trampning Brennanga nisbatan maxfiy ma'lumotlardan foydalanishni bekor qilish haqidagi «o‘ylanmagan va misli ko‘rilmagan» qaroriga qarshi norozilik bildirishdi.

«Biz barchamiz prezidentning harakatlari maxfiy ma'lumotlarga kirish huquqini ushlab qolishi yoki saqlamasligi kerak bo‘lgan shaxs bilan hech qanday aloqasi yo‘qligini bildiramiz. Bu so‘z erkinligini bostirishga urinishdir», - deya yozadi sobiq mulozimlar. 

Qo‘shma bayonotni imzolagan Markaziy razvedka boshqarmasi sobiq direktorlari orasida Devid Petreus va Leon Panetta bor. Ta'kidlanishicha, hujjatni Markaziy razvedka boshqarmasi sobiq direktori Jyeyms Klapper ham imzolagan.

«Maxfiy ma'lumotlarga kirish to‘g‘risidagi qaror siyosiy emas, balki milliy xavfsizlik nuqtai nazaridan kelib chiqishi kerak», - deya yozishgan ular.

Top