14:33 / 18.08.2018
11791

AQSh Mo‘g‘ulistonni Rossiya va Xitoy ta'siridan himoya qilmoqchi

Foto: Danita Delimont/globallookpress.com

AQSh kongressiga Qo‘shma Shtatlar va Mo‘g‘uliston o‘rtasidagi savdoni yanada faollashtirishni nazarda tutadigan qonun loyihasi kiritildi. Bu haqda RT xabar berdi.

Ta'kidlanishicha, qonun loyihasining tashabbuskori respublikachi Ted Yoxo sanaladi. U Mo‘g‘ulistondan olib kiriladigan ayrim tovarlarga nisbatan bojsiz rejim joriy qilish orqali mamlakatlar o‘rtasidagi savdo-sotiqni «rag‘batlantirish»ni taklif qildi. Gap to‘qimachilik materiallari, shu jumladan kashemir haqida ketyapti.

«Mo‘g‘uliston tovarlarining ayrimlari, shu jumladan, kashemirga nisbatan imtiyozlar AQShga Mo‘g‘uliston bilan savdoni kengaytirish hamda bu materialdan Xitoy mahsulotlari importi hajmini kamaytirish bilan yordam beradi», - deyiladi loyihada.

Shuningdek, ta'kidlanishicha, Rossiya va Xitoy tomoni mamlakat rivojlanishiga salbiy ta'sir ko‘rsatishi mumkin, chunki ular Mo‘g‘ulistondan hudud va aholi miqdori bo‘yicha kattadir.

«Mo‘g‘uliston quruqlikda faqat Rossiya Federatsiyasi va Xitoy Xalq Respublikasi bilan chegaradosh. Ular, AQSh milliy xavfsizlik strategiyasida ta'kidlanganidek, Qo‘shma Shtatlar qadriyatlari va manfaatlariga bevosita qarshi bo‘lgan dunyoni yaratish istagidagi davlatlardir», - deya xabar qilinadi qonun loyihasida.

Mavzuga oid
Top