15:20 / 18.08.2018
6901

AQShga viza tayyorlab berishini aytib, firibgarlik qilgan shaxs qo‘lga olindi

Illyustrativ foto

Buxoro shahrida 25 iyul kuni G‘ijduvon tumanida yashovchi U.I. IIBga murojaat qilgan, deb xabar bermoqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi.

U 2017 yil may oyida Buxoro shahrida yashovchi, muqaddam sudlangan, B.N. Gazli shoh ko‘chasida joylashgan savdo majmuasida AQShga borish uchun viza hujjatlari tayyorlab berishini va'da qilib 2000 AQSh dollarini olganini va bergan va'dasini bajarmay pullarni o‘z ehtiyojlari yo‘lida ishlatib yuborganligini ma'lum qilgan. 

Mazkur holat yuzasidan B.N. qo‘lga olindi.

Top