18:04 / 18.08.2018
31759

IIBB: Bezorilikda gumon qilingan shaxslardan biri ushlandi

Toshkent shahar IIBB bezorilikda gumon qilingan shaxslardan biri ushlangani haqida xabar berdi.

Bekzod Nuritdinov

Qayd etilishicha, «Spark» va «Jiguli»dagi shaxslar o‘rtasidagi hodisa bo‘yicha qidiruvga berilgan shaxslardan biri – 31 yoshli Bekzod Nuritdinov qo‘lga olindi. 1991 yilda tug‘ilgan Shohruh Jo‘rayevni qidiruv ishlari davom etmoqda.

Shohruh Jo‘rayev

«Hurmatli hamshaharlar! Agar ushbu shaxs haqidagi ma'lumotga ega bo‘lsangiz 102 shoshilinch raqami yoki 272-98-39, 231-95-13, 362-51-14 telefon raqamlariga qo‘ng‘iroq qilishingizni so‘raymiz. Ma'lumot egasining shaxsi sir saqlanishi kafolatlanadi», - deyiladi xabarda.

Nuritdinov Bekzod Paxritdinovich, 1987 yilda tug‘ilgan

Olmazor tumanida yashovchi Jo‘rayev Shoxruh Qobil o‘g‘li, 1991 yilda tug‘ilgan.

Eslatib o‘tamiz, bundan avval Internetda tarqalgan videodagi voqeaning asosiy ishtirokchilari bo‘lgan 2 shaxs qidirilayotgani xabar qilingandi. 

Top