08:00 / 18.08.2018
14113

Toshkent shahrida transport departamenti tashkil etilmoqda 

Foto: KUN.UZ

O‘zbekiston Respublikasi prezidenti “Toshkent shahrida boshqaruvning alohida tartibini joriy etish bo‘yicha huquqiy eksperiment to‘g‘risida”gi farmonni imzoladi.

Hujjat bilan Toshkent shahar hokimligining quyidagi taklifi ma'qullandi:

Toshkent shahar ijro etuvchi hokimiyat tuzilmasida asosiy vazifalari quyidagilardan iborat bo‘lgan Toshkent shahar transport va yo‘l-transport infratuzilmasini rivojlantirish departamentini tashkil etish:

shahar transportini tartibga solish va rivojlantirishning samarali mexanizmlarini tashkil etish, boshqarish, ishlab chiqish va qo‘llash tizimini takomillashtirish;

transport va yo‘l-transport infratuzilmasi, shuningdek, avtomobil to‘xtash joylarini rivojlantirish sohasida shahar dasturlarini ishlab chiqish;

shahar yo‘lovchi transporti faoliyat yuritishining ishonchliligi, xavfsizligi va qulayligini oshirish;

yo‘llar, yo‘l obektlari va yo‘l-transport inshootlaridan foydalanish samaradorligini ta'minlash uchun yo‘l harakatini tashkil etishning xavfsiz va samarali dasturlari va chizmalarini, shu jumladan, yo‘l harakatini tartibga solish tizimlarini, zamonaviy intellektual axborot-kommunikatsiya tizimlarini rejalashtirish, loyihalash va joriy etish;

Toshkent shahar tashkilotlari, shu jumladan, kommunal va ekspluatatsiya tashkilotlarining yo‘l-transport infratuzilmasi va yo‘l obektlarini qurish va ulardan foydalanish sohasidagi faoliyatini tashkiliy-huquqiy shakli va idoraviy bo‘ysunuvidan qat'i nazar, muvofiqlashtirish.

Top