08:18 / 19.08.2018
7641

Bortida 17 nafar gruziyalik bo‘lgan tanker Afrika sohillari yaqinida yo‘qolib qoldi

Foto: Fotolia

Bortida Gruziyaning 17 nafar fuqarosi bo‘lgan Pantelena IMO 9321469 neft tankeri Afrika sohillari yaqinida yo‘qolib qolib, 14 avgustdan beri aloqaga chiqmayapti. Bu haqda Gruziya tashqi ishlar vazirligi ma'lum qildi. 

Ta'kidlanishicha, tanker bilan oxirgi marta Gvineya ko‘rfazida aloqaga chiqilgan. Gretsiyaning Lotus Shipping kemasozlik kompaniyasi tergov tadbirlari olib bormoqda.

Ma'lum qilinishicha, Gruziya iqtisodiyot vazirligi dengiz transporti agentligi bilan birga tanker yo‘qolishi tafsilotlarini aniqlashtirmoqda. Gruziya hukumati, shuningdek, tanker egasi bo‘lgan Panama kompaniyasi bilan hamkorlik qilmoqda. Shuningdek, tankerni izlashga hududning harbiy-dengiz kuchlari va Buyuk Britaniya savdo kemachiligi xavfsizligini ta'minlash markazi jalb qilingan.

Avvalroq Gruziya tashqi ishlar vazirligi vakili jurnalistlarga kemaning yo‘qolishi qaroqchilar hujumi bilan bog‘langan bo‘lishi mumkinligini ma'lum qilgan.

Top