14:15 / 20.08.2018
53058

Hazm qilish jarayonini yaxshilaydigan 7 mahsulot

Ushbu 7 mahsulot prebiotik hisoblanadi. Ular ichak mikroflorasini yaxshilab, qulay ovqat hazm qilishga yordam beradi va uzoq muddatli natijaga ega. Demak, nimalar salomatlik mahsulotlari ekan?

Foto: Pixabay

Grek yong‘og‘i

Ular nordon sut bakteriyalari o‘sishini rivojlantirib, patogen mikroflorani o‘ldiradi. Agar kuniga yarim finjon yong‘oq iste'mol qilinsa, yo‘g‘on ichakni tuzatadigan yog‘ kislotalari miqdori ortadi.

Foto: Pixabay

Qora shokolad

Agar shokolad tarkibidagi kakao 70 foizdan yuqori bo‘lsa, bilingki, bu haqiqiy foyda. Mahsulot ichak salomatligiga javob beradigan foydali bakteriyalar sonini oshiradi.

Foto: Pixabay

Piyozning har qanday turi

Bu sabzavotni hamma ham yaxshi ko‘rmaydi. Ularni yil bo‘yi topish mumkin. Piyozning har qanday turi inulin manbai sanaladi.

Foto: Pixabay

Suli

G‘aroyib mahsulot. Axir bejiz tongni sulidan boshlash – yaxshi odat deyishmaydi. Unda ingichka ichak hazm qila olmaydigan chidamli kraxmal mavjud. Biroq yo‘g‘on ichakka tushganida u fermentlashadi va organ faoliyatini yaxshilaydi. Yana bunday bo‘tqa onkologik kasalliklar rivojlanishining oldini oladi.

Foto: Pixabay

Qizil yasmiq

Bu ham chidamli kraxmal manbaidir. Yormani tayyorlash oson va tez – bor-yo‘g‘i 15daqiqa talab etiladi.

Foto: Pixabay

Jo‘xori

Bu sabzavot ham avvalgilari kabi aynan shunday kraxmalga ega. To‘g‘ri, bir maslahat bor: jo‘xorini qaynoq holda iste'mol qilmagan ma'qul. Sovigani esa o‘zida ko‘proq foydali moddalarni saqlaydi.

Foto: Pixabay

Olma

Bu mahsulot borasida aytiladigan narsaning o‘zi ham yo‘q. Uning tarkibida ichaklar faoliyatiga ijobiy ta'sir ko‘rsatadigan pektin moddasi mavjud.

Top