8535.74 USD +17.06

9566 EUR -86.52

132.57 RUB +1.24

10746.5 GBP -101.19

08:48 / 20.08.2018 29484

Boysunda mudhish YTH yuz berdi

Surxondaryo viloyatining Boysun tumanida 19 avgust kuni Denov tumanida yashagan A.Yu. o‘zining boshqaruvidagi “Neksiya” rusumli avtomashinasini M-39 “Olmaota-Bishkek-Toshkent-Termiz” yo‘lining 1334-km.da haydab ketayotib shu yo‘nalishda o‘zidan oldinda harakatlanib ketayotgan, E.T. boshqaruvidagi “KaMAZ-53212” rusumli yuk avtomashinasini orqa tomoniga borib urilgan.

Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar bermoqda.

Natijada “Neksiya” avtomashinasi haydovchisi A.Yu. va bir nafar yo‘lovchisi voqea joyida, hamda ikki nafar yo‘lovchisi kasalxonaga keltirilganida vafot etgan. Shuningdek, avtomashinaning qolgan uch nafar yo‘lovchisi turli darajadagi tan jarohatlari bilan kasalxonaga yotqizilgan.

 

Top