19:30 / 20.08.2018
16560

Erkin kurashchilar O‘zbekiston hisobiga yana bitta medal keltirishdi

Foto: Hasan Pirmuhammedov

O‘zbekiston erkin kurash terma jamoasining 125 kg vazn toifasidagi vakili Davit Modzmanashvili Osiyo o‘yinlarining bronza medali sovrindoriga aylandi.

Musobaqa davomida Indoneziya, Mo‘g‘uliston vakillarini mag‘lubiyatga uchratib, final ostonasida mag‘lub bo‘lgan Davit Modzmanashvili bronza uchun hindistonlik Sumit Sumitga qarshi gilamga chiqdi va 2:0 hisobida (1:0, 1:0) g‘alaba qozonib, O‘zbekiston hisobiga yana bitta medal qo‘shib qo‘ydi.

125 kg vazn toifasida oltin medal uchun bahs yarim finalda Davit Modzmanashvilini mag‘lub etgan eronlik Parviz Hadizoda va finalga Sumit Sumitni yengib chiqqan xitoylik Deng Zivey o‘rtasida kechdi. Bu bahsda Eron vakili raqibga hech qanday imkoniyat qoldirmagan holda (7:0) oltin medalni o‘ziniki qildi.

Ayollar kurashida 50 kg vazn toifasida ishtirok etgan Dauletbike Yaxshimuratova ham bronza uchun kurashdi. Ammo u medal uchun bahsda janubiy koreyalik Kim Hyungjuga yutqazdi - 0:6.

Endilikda, O‘zbekiston delegatsiyasi hisobidagi medallar soni 7taga yetgan - 1 oltin, 2 kumush va 4 bronza. Endi O‘zbekiston umumiy reytingda Qozog‘istonni quvib o‘tib 10-pog‘onada joylashdi.

Top