15:52 / 20.08.2018
4847

Pentagon anonim messenjer ishlab chiqilishi haqida e'lon qildi

Foto: REUTERS

AQSh Mudofaa vazirligining Istiqbolli tadqiqot loyihalari boshqarmasi (DARPA) buzib kirishdan yaxshi himoyalangan, yangi anonim mobil messenjerni ishlab chiqish uchun tender e'lon qildi. Bu haqda RT tender hujjatlariga asosan xabar berdi.

Mavjud ma'lumotlarga ko‘ra, DARPA ilova ishlab chiqish uchun 44 million dollar ajratgan. Kutilishicha, messenjer ustidagi ishlar 2019 yil martidan boshlanadi va 2023 yilgacha davom etadi.

Ta'kidlanishicha, yangi ishlanmaga «Barcha uchun ishonchli anonim aloqa» (Resilient Anonymous Communication for Everyone, RACE) nomi berildi. Messenjer kriptografik texnologiyalardan foydalangan holda himoyalanadi, uni ishlab chiqish vaqtida buzib kirishlarga bardoshlilik darajasi ham sinovdan o‘tkaziladi. Ilova ichidagi suhbatdoshlarning xabarlari shifrlangan bo‘ladi. Messenjer bir xil tarmoq ichida ishlashi kerak, bunda uning yopiq bo‘lishi va internetga ulanmagani hech qanday ahamiyat kasb etmaydi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Pentagon Trampning samolyotlariga 34 mln dollardan ziyod mablag‘ sarflagandi

Mavzuga oid
Top