19:59 / 20.08.2018
23363

Toshkent shahri prokuroriga o‘rinbosar tayinlandi

O‘zbekiston bosh prokurori buyrug‘iga ko‘ra Aliakbar Rahimovich Po‘latov Toshkent shahri prokurori o‘rinbosari etib tayinlandi.

Toshkent shahri prokuraturasi ma'lumotiga ko‘ra, Aliakbar Po‘latov 1982 yilda Buxoro shahrida tug‘ilgan, 2004 yili Toshkent davlat yuridik institutini tamomlagan, 2011 yilda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasini bitirgan.

U prokuratura organlari tizimidagi faoliyatini Buxoro viloyatining Kogon shahri prokuraturasida boshlagan, keyinroq Buxoro viloyati prokuraturasida va O‘zbekiston bosh prokuraturasida turli lavozimlarda ishlagan, shuningdek, Toshkent shahri prokuraturasida bo‘lim boshlig‘i bo‘lgan.

Foto: Bosh prokuratura

U 2017 yilning iyunidan buyon Majburiy ijro byurosida bo‘lim boshlig‘i sifatida faoliyat ko‘rsatib kelayotgandi.

Top