16:24 / 21.08.2018
6170

Armaniston sobiq mudofaa vaziri xalqaro qidiruvga berildi

Foto: Reuters

Armaniston sobiq mudofaa vaziri Mikayel Arutyunyan xalqaro qidiruvga berildi. Bu haqda Armaniston politsiyasi boshlig‘i Valeriy Osipyan ma'lum qildi, deya xabar beradi «Sputnik Armeniya».

Aniqlik kiritilishicha, Arutyunyan Interpol liniyasi tomonidan qidiruvga berilmagan. Sobiq vazir Rossiyada ekanligi haqidagi gap-so‘zlarga izoh berarkan, Osipyan kuch tuzilmalari xodimlari sobiq vazirning qayerdaligini «matbuotdan ko‘proq» bilmasliklari haqida ma'lum qildi.

Arutyunyanni 2008 yil mart oyida konstitutsion tuzumni ag‘darishda ayblashmoqda. O‘shanda prezidentlik saylovlaridan so‘ng odamlar Yerevan ko‘chalariga chiqishgan. Ularga qarshi harbiy qurollar ishlatilgan, 10 kishi halok bo‘lgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Nazarboyev Putinga KXShT bosh kotibi Yuriy Xachaturov bo‘yicha taklif bilan chiqqandi. 

Top