11:37 / 21.08.2018
16194

O‘zMTRK telekanallaridan birida rahbar o‘zgardi

Foto: MTRK

Joriy yilning 20 avgust kuni O‘zbekiston MTRK katta majlislar zalida O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi rahbariyati “Madaniyat va ma’rifat” telekanali jamoasi bilan navbatdan tashqari yig‘ilish o‘tkazdi.

Kun.uz manbasining xabar berishicha, yig‘ilishda tashkiliy masala ko‘rildi. “Madaniyat va ma’rifat” telekanalida direktori lavozimiga Farhod To‘rayev tayinlanganligi ma'lum qilindi.

Telekanalning avvalgi rahbari Ikrom Choriyev “Mahalla” telekanaliga ishga o‘tkazilgan.

Manbaning bildirishicha, “Madaniyat va ma’rifat” telekanalining yangi direktori Farhod To‘rayev bundan avval Samarqand televideniyesida ishlagan.

Mavzuga oid
Top