16:17 / 23.08.2018
23038
Oksana Chusovitina orzusi nima ekanini ma'lum qildi
Foto: Anvar Ilyosov

Osiyo o‘yinlarida kumush medalni qo‘lga kiritgan 43 yoshli Oksana Chusovitina Kun.uz muxbiriga qisqacha intervyu berdi.

“Bilasizmi, bugun kumush medalni yutdim. Biroq, u menga xuddi oltin medaldek, sababi juda asabiy tayyorgarlik bo‘lgandi. Shuning uchun bu medal juda qiyinchilik bilan keldi. Ammo, men hammasi yaxshi tugaganidan xursandman. Meni qo‘llab-quvvatlab turgan ishqibozlarga katta rahmat. 

Men gimnastikani juda yaxshi ko‘raman. Shuning uchun bu borada hech qanday sport sirlarim yo‘q. Shunchaki o‘z ishimni yaxshi ko‘raman. 7ta Olimpiya o‘yinlarida qatnashganman, biroq O‘zbekiston uchun medal olmaganman. Mening orzum - Olimpiada o‘yinlarida O‘zbekistonga medal taqdim etish. Shu narsa doimo ko‘nglimda bo‘lib kelgan. Agarda saralash bosqichlaridan muvaffaqiyatli o‘tsam, Tokiodagi Olimpiadaga ham borish niyatidaman.

Mustaqillik bayrami yaqinlashmoqda. Barchaga sog‘lik, tinchlik, prezidentimizga islohotlarni amalga oshirishda kuch-quvvat tilayman”, - deydi Oksana Chusovitina.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq 43 yoshli Oksana Chusovitina Osiyo o‘yinlari sovrindoriga aylangani xabar berilgandi.

Mavzu
Osiyo o‘yinlari
18 avgustdan 2 sentyabrgacha Indoneziya poytaxti Jakarta shahrida XVIII Osiyo O‘yinlari bo‘lib o‘tadi. Turnirda qit'aning 45 mamlakatidan 10 mingga yaqin sportchi ishtirok etadi. Sportchilar Indoneziyada 40 ta sport turi bo‘yicha bellashadi.
Barchasi
Top