19:40 / 23.08.2018
24251

O‘zbekiston olimpiyachilarining chorak finaldagi raqibi aniq bo‘ldi

O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi Osiyo o‘yinlari chorak finalida Janubiy Koreya vakillariga qarshi o‘ynaydi.

Nimchorak final doirasida janubiy koreyaliklar eronlik raqiblarini 2:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratishdi.

Endi nimchorak finalda Hongkongni 3:0 hisobida taslim etgan Ravshan Haydarov shogirdlari yarim finalga chiqish uchun 27 avgust kuni Janubiy Koreya terma jamoasiga qarshi maydonga tushadigan bo‘ldi.

Chorak finalning yana bir juftligini Suriya va Vetnam olimpiyachilari hosil qilishgan. Nimchorak final o‘yinlari ertaga, 24 avgust kuni davom etadi.

Eron - Janubiy Koreya
Gollar: 40 - Hvang Yu Jo, 55 - Li Syungvu

Top