14:23 / 24.08.2018
6360

Osiyo o‘yinlari. Jiu-jitsuchilar yutqazdi, endi bronza uchun imkoniyat bor

Foto: Anvar Ilyasov

Osiyo o‘yinlarida jiu-jitsu sporti bo‘yicha O‘zbekiston sharafini himoya qilayotgan o‘zbekistonliklar jamoasi muvaffaqiyatsizlikka uchradi.

Avvaliga -69 kg vazn toifasidagi Homidjon Mo‘minov va Asadullo Bozorov nimchorak finaldayoq turnirni tark etishgandi.

-56 kg vazn toifasidagi Akmal Amirov va Doston Ro‘ziyev esa chorak finalga chiqqandi. Bu sportchilar yarim finalga yo‘llanma olisholmadi va bronza medal uchun o‘tish o‘yinlarida ishtirok etishdi. Doston Ro‘ziyev o‘tish o‘yinida turkmanistonlik Kemal Meredovga yutqazdi (3:6), Amirov esa qozog‘istonlik Kuandik Konisov ustidan sof g‘alabaga erishdi. 

Akmal Amirov kechki dasturda bronza medali uchun jang qiladi. Unga boshqa bir qozog‘istonlik sportchi Saydali Nurjon raqiblik qiladi.

Mavzuga oid
Top