12:56 / 24.08.2018
20538

Surxondaryoda ikki nafar velosipedchi halok bo‘ldi

Illyustrativ foto

23 avgust kuni Surxondaryo viloyatining Angor tumanida mudhish yo‘l-transport hodisasi yuz berdi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar qilmoqda.

Ma'lum bo‘lishicha, shu tumanda yashovchi M.P. o‘zining “Neksiya” rusumli avtomashinasini “Navbahor” MFY hududidan o‘tuvchi “Qorasuv-Angor” yo‘lining  3-km.da haydab ketayotib, yo‘lning qatnov qismini kesib o‘tayotgan velosipeddagi  fuqarolar B.H. va Q.A.ni urib yuborgan. 

Natijada ikkala fuqaro ham jarohat olib, voqea joyida halok bo‘lgan.

Top