Yerga Xeops ehromi kattaligiday keladigan asteroid yaqinlashib kelmoqda, deya yozadi RIA Novosti NASA manbasi asosida.
2016 NF23 asteroid anchayin xavfli, chunki u 0.05 astronomik o‘lchovi (7.5 million kilometr) masofada Yer atrofida uchib o‘tadi. NASA’ning baholashicha, asteroid diametri 70-160 metr atrofida bo‘lishi mumkin va u sekundiga taxminan 9 km.ni bosib o‘tmoqda. 29 avgustda sayyoramizga yaqinlashadi.
Bundan oldin NASA xabar qilganidek, yaqin yuz yillar ichida mashhur asteroidlarning Yerga to‘qnashish ehtimoli juda kam.