15:34 / 25.08.2018
36056

Foto: Nukus yo‘llarida YHXB ayol inspektori ishlamoqda

Nukus shahri yo‘llarida ayol inspektor ishlamoqda. Bu haqda Makan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasiga asosan xabar qilmoqda.

Foto: makan.uz

- Hozirgi vaqtda tajribali YHXB inspektorlari bilan birgalikda ishlamoqdaman, - deydi YHXB inspektori Yulduz Matyakupova. – Ichki ishlar sohasida ishlayotganimga uch yildan oshdi. Yo‘lda inspektorlik qilishning o‘ziga yarasha mashaqqati bor. Haydovchilarning birinchi taassuroti, albatta, hayron qolish bo‘lmoqda. Ayrim haydovchilar yangilik bilan tabriklashmoqda. Lekin, ish – bu ish. Uni belgilangan tartibda olib bormoqdaman. Tashqaridan qaraganda osondek ko‘ringani bilan kun davomida har xil insonlar bilan muloqot qilishga to‘g‘ri keladi. Iloji boricha muloyimlilik bilan har xil qoidabuzarliklarning oldini olish bo‘yicha targ‘ibot ishlarini olib bormoqdamiz.

Berilgan ma'lumotga ko‘ra, YHXB tomonidan yo‘llarda yana ayol-qiz inspektorlar ish boshlaydi.

Top