11:20 / 26.08.2018
9044

Osiyo o‘yinlari. Jasurbek Latipov birinchi jangda g‘alaba qozondi

Foto: Hasan Pirmuhammedov

O‘zbekiston boks terma jamoasining -52 kg vazn toifasidagi vakili Jasur Latipov chorak finalga yo‘l oldi.

U nimchorak finalda xitoylik Jiangua Xuni 3:2 hisobida mag‘lub etdi. 

Endi u chorak finalda 28 avgust kuni indoneziyalik Suguro Aldomsga qarshi jang qiladi.

Bugun 60 kg vazn toifasidagi Shunqor Abdurasulov ham nimchorak final jangini o‘tkazadi. Bir soatdan keyin u filippinlik Jyeyms Palistega qarshi ringga chiqadi.

-69 kg vazn toifasidagi Bobousmon Baturov esa nimchorak final doirasida xitoylik Qiong Maimaititu Ersun bilan jang qiladi.

Mavzuga oid
Top