03:08 / 27.08.2018
3715

Liga 1. "Monako" safarda mag‘lub bo‘ldi, "Marsel" o‘z uyida ochko yo‘qotdi

Foto: Getty Images

Fransiya chempionati 3-turidan o‘rin olgan navbatdagi o‘yinlar o‘tkazildi. 

"Monako" "Bordo" uyiga safar qilib, mag‘lubiyatga uchradi – 2:1.

48-daqiqada Kamano mezbonlarni hisobda oldinga olib chiqqan bo‘lsa, 63-daqiqada Pellegri farqni yo‘qqa chiqardi. Maydon egalariga g‘alaba keltirgan gol so‘nggi daqiqalarda Kamano tomonidan kiritildi. 

"Marsel" esa o‘z uyida "Renn" bilan durang qayd etdi – 2:2.
Mehmonlar safida Burigo va Sarr 1tadan gol kiritgan bo‘lsa, maydon egalarining gollari esa Okampos goli hamda Bensebaynining avtogoli evaziga kiritildi. 

Bordo – Monako 2:1 (0:0, 2:1)
Gollar: 1:0 – 48, penalti Kamano, 1:1 – 63 Pellegri, 2:1 – 90 Kamano.
Bordo – Kostil, Kunde, Pundjye, Palensiya, Pablo, Lerager (Sankare, 64), Plashil, Kamano, Tchuameni, Kalu, Brian (de Previl, 72).
Monako – Benalo, Jyemerson, Barreka, Ture (Sidibe, 77), Glik, Traore (Pellegri, 59), Axolu, Roni Lopesh, Tilemans, Gransir (Jordi Mboula, 62), Falkao.
Ogohlantirishlar: Benalo (85), Kamano (89), Pellegri (90).

Marsel – Renn 2:2 (0:2, 2:0)
Gollar: 0:1 – 38, penalti Burigo, 0:2 – 45 Sarr, 1:2 – 54 Okampos, 2:2 – 72, avtogol Bensebayni.
Marsel – Pele, Sarr, Rami, Amavi, Kamara (Lopes, 46), Payyet, Luis Gustavo, Okampos, Sanson, Toven (N`Ji, 90), Jyermen (Mitroglu, 63).
Renn –    Koubek, Da Silva, Jyelen, Bensebayni, Mesher, Andre, Lea Siliki (Sebatsho, 69), Burigo (Del Kastiyo, 85), Grene, Sarr, Traore.
Ogohlantirishlar: Kamara (20), Andre (90).

Lill – Gengam 3:0 (2:0, 1:0)
Gollar: 1:0 – 7 Sheka, 2:0 – 10 Bamba, 3:0 – 73 Bamba.

Top