09:20 / 27.08.2018
8885

NASA rahbari AQShga kosmik qo‘shinlar nega kerakligini ma'lum qildi

Foto: Washington Examiner

AQShga kosmik qo‘shinlar mamlakat energetika tizimlari va bank sektorini himoya qilish uchun ham kerak. Bu haqda NASA rahbari Jim Braydenstayn Washington Examiner'ga bergan intervyusida ma'lum qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Amerika sun'iy yo‘ldoshlarining ishdan chiqishi «mavjud bo‘lgan tahdid»ni yuzaga keltiradi, aynan shuning uchun ham kosmik qo‘shinlar zarur.

Braydenstaynning ta'kidlashicha, energetika va bank sektorlari ham GPS’ga tayanib kelgan.

«Har bir bank operatsiyasi GPS’dan sinxronlash signalini talab qiladi. Boshqacha aytganda, agar GPS bo‘lmasa, Qo‘shma Shtatlarda bank sohasi ham bo‘lmaydi. Hamma narsa o‘chadi», - deya tushuntirdi NASA rahbari. 

Ayni vaziyat AQShning energiya tizimlariga ham tahdid soladi, deya qo‘shimcha qilib o‘tdi u .

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Pentagon rahbari AQSh kosmosda qurol joylashtirishni rejalashtirmayotgani haqida ma'lum qilgandi.

Top