13:05 / 27.08.2018
6720
Osiyo o‘yinlari. Iqboljon Xoldorov ham keyingi bosqichda

Indoneziyada XVIII yozgi Osiyo o‘yinlari davom ettirilmoqda.

O‘zbekiston boks terma jamoasi a'zosi, -64 kg vazn toifasida turnirga kelgan Iqboljon Xoldorov nimchorak final bosqichi doirasida iordaniyalik Alkasbi Obadaga qarshi jang o‘tkazdi.

Jangda to‘liq ustunlikka erishgan o‘zbekistonlik sportchi 5:0 (30:27, 30:27, 329:28, 29:28, 30:27) hisobida g‘alaba qozondi va chorak finalga yo‘l oldi.

Uning keyingi raqibi janubiy koreyalik Lim Hyunsuk bo‘ladi.

Bundan avvalroq -49 kg vazn toifasida Hasanboy Do‘smatov chorak finalga chiqqandi. U keyingi bosqichda qirg‘izistonlik Mirlan Turkbay o‘g‘li bilan kuch sinashadi.

Bugun nimchorak final doirasida yana ikki o‘zbekistonlik bokschi o‘z imkoniyatlarini sinovdan o‘tkazadi. - 56 kg vazn toifasida Miraziz Mirzahalilov iordaniyalik Alvadi Muhammad bilan, -75 kg vazn toifasidagi Isroil Madrimov mo‘g‘ulistonlik Davasuren Davanyam bilan ringga chiqadi.

Mavzu
Osiyo o‘yinlari
18 avgustdan 2 sentyabrgacha Indoneziya poytaxti Jakarta shahrida XVIII Osiyo O‘yinlari bo‘lib o‘tadi. Turnirda qit'aning 45 mamlakatidan 10 mingga yaqin sportchi ishtirok etadi. Sportchilar Indoneziyada 40 ta sport turi bo‘yicha bellashadi.
Barchasi
Top