11:34 / 27.08.2018
14375

Samarqandda erkak o‘z ukasini qaychi bilan o‘ldirib qo‘ydi

Foto: KUN.UZ

25 avgust kuni Samarqand viloyatining Oqdaryo tumanida yashagan R.T. qorin qismidagi tan jarohati bilan kasalxonaga yotqizilgan. 

O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabariga ko‘ra, ammo u ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramay 26 avgust kuni vafot etgan.

Olib borilgan surishtiruv ishlari natijasida 24 avgust kuni marhum R.T.ning shu qishloqda yashovchi akasi K.T. uyida o‘zaro janjal oqibatida uning qorniga qaychi bilan jarohat yetkazganligi aniqlangan va K.T. qo‘lga olingan.

Top