15:09 / 28.08.2018
4709

Haydovchisiz avtomobil ishlab chiqarish uchun Toyota-Uber shartnomasi tuzildi 

Foto: AFP

Ikki avtomobilsozlik giganti– Toyota va Uber haydovchisiz mashinalarni ishlab chiqarish uchun o‘zaro hamkorlik qiladi. Toyota buning uchun 500 mln AQSh dollari kiritadi. Bu haqida kompaniya axborot xizmati bayonotida xabar berildi.

Tahlilchilarning aytishicha, Toyota Google va Alibaba kabi mashhur kompaniyalar o‘z qatorida yuqori tezlikdagi haydovchisiz mashinalarni ishlab chiqarishga harakat qilmoqda. 

Ikkala brend texnologiyasi Toyota avtomashinalariga qo‘llaniladi va 2021 yilgi Uberning “ride-sharing” platformasida ishga tushiriladi. 

Toyota rahbari Dara Xusravshohiy: “Uber bilan tuzgan shartnomamiz jahon darajasidagi texnologiyalarni joriy etishga yordam beradi. Biz, shuningdek, yangilikni skuter va elektrik velosipedlarga nisbatan qo‘llashni rejalashtiryapmiz. Bu tirband shahar ichida qulay harakatlanishni ta'minlab beradi”, deya izoh berdi.

Eslatib o‘tamiz, Uber kompaniyasi Arizonada avtohalokat sodir bo‘lgandan keyin mart oyida o‘zi ishlab chiqqan “haydovchisiz avtomobil” dasturini to‘xtatgandi. O‘tgan oyda kompaniyaning San-Fratsiskodagi firmasida ushbu dasturni davom ettirish ishlari olib borildi. 

Mavzuga oid
Top