17:29 / 28.08.2018
7751

Bojxona hodimlari muruvvat uyi tarbiyalanuvchilarini mustaqillik bayrami bilan tabriklashdi

Davlat bojxona Qo‘mitasi xodimlari 28 avgust kuni Toshkent shahridagi 1-sonli muruvvat uyi tarbiyalanuvchilari bilan uchrashib, ularni Vatanimiz mustaqilligining 27 yillik shodiyonasi bilan bilan tabrikladi.

Bugungi kunda muruvvat uyida 320 nafar yotoq va emaklab yuruvchi bolalar tarbiyalanmoqda. Muassasaning jonkuyar tarbiyachilari doimiy ravishda  ularga g‘amxo‘rlik qilishadi. 

Qo‘mita xodimlari tomonidan muruvvat uyi uchun turli jihoz, bolalar o‘yinchoqlari hamda o‘quv qurollari taqdim etildi.

Tadbir bolalarning mustaqillik bayrami munosabati bilan yodlagan kuy-qo‘shiq va tayyorlagan sahna ko‘rinishlariga ulandi.

Tashrif buyurgan san'atkorlar tomonidan ijro etilgan sho‘x kuy-qo‘shiqlar esa bayram tadbiriga yanada fayz bag‘ishladi.

Mavzuga oid
Top