00:37 / 28.08.2018
19112

Sayyohlar orasida eng ommalashgan davlatlar reytingi taqdim qilindi

Foto: SS0 Public Domain

Sayyohlar orasida eng ommalashgan davlatlar reytingi taqdim qilindi. 2017 yil bo‘yicha yakuniy statistika BMTning Jahon sayyohlik tashkiloti (UNWTO) tomonidan e'lon qilindi. 

2017 yilda dunyoda barcha sayyohlar soni 1,323 mlrd kishiga yetgan. Bu borada 2016 yilga nisbatan 7 foizlik oshish qayd qilindi.

Sayyohlar orasida eng ommalashgan davlatlar Fransiya (86,9 mln sayyoh), Ispaniya (81,8 mln), AQSh (75,9 mln), Xitoy (60,7 mln) va Italiya (58,3 mln) bo‘lgan.

Yetakchi o‘ntalikka Meksika, Buyuk Britaniya, Turkiya, Germaniya va Tailand kiritilgan.

Top