17:35 / 28.08.2018
5990

Osiyo o‘yinlari. Gulnor Sulaymonova finalda, Oysuluv Abdumajidova bronza medal bilan kifoyalandi

Foto: Hasan Pirmuhammedov

O‘zbekiston milliy kurash sporti jamoasining 2 nafar vakili Osiyo o‘yinlari yarim finalida gilamga chiqdi.

-52 kg vazn toifasida ishtirok etayotgan Gulnora Sulaymonova yarim finalda hindistonlik Yadhav Malaprabha Yallappaga qarshi gilamga chiqib, 10:0 hisobida g‘alaba qozondi.

Shu vazn toifasidagi Oysuluv Abdumajidova esa hindistonlik Pinski Balhara bilan bellashib, 0:3 hisobida yutqazdi. Endi u Osiyo o‘yinlari bronza medali bilan kifoyalanadigan bo‘ldi.

Endi finalda Gulnora Sulaymonova Pinski Balhara bilan oltin medal uchun kurashadi.

Top