14:26 / 29.08.2018
6342

Nobel mukofoti laureati Ryodzi Noyori o‘zbekistonlik talabalarga ma'ruza qildi

Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligining tashabbusi bilan tashkil etilgan Yaponiyaning Nagoya universiteti prezidenti Matsuo Seyiti boshchiligida Yaponiya delegatsiyasi, shuningdek, Nobel mukofoti laureati Ryodzi Noyorining O‘zbekistonga tashrifi davom etmoqda.  

Bugun Ryodzi Noyori o‘zbek-yapon ilmiy simpoziumida vazirlik va idoralar, Fanlar akademiyasi, ilmiy-tadqiqot institutlari vakillari, respublikamizning barcha hududlaridan taklif etilgan iqtidorli talabalar va yosh ilmiy tadqiqotchilar uchun ma'ruza bilan chiqish qildi. 

Foto: Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi

Uchrashuvda yaponiyalik taniqli olim o‘zbek allomalarining jahon sivilizatsiyasiga qo‘shgan bebaho hissasi, dunyo ilm-fani va madaniyati rivojlanishida tutgan o‘rnini e'tirof etdi.  

Foto: Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi

Ryodzi Noyori talabalar bilan muloqotda ilm-fanning so‘nggi yutuqlari, o‘zining hayotiy tajribasi va ilmiy natijalari bilan o‘rtoqlashdi. Dunyo miqyosidagi taniqli olim bilan tarixiy uchrashuv yurtimizning iqtidorli yoshlarini ilm-fan bilan shug‘ullanish va innovatsion fikrlashga, yanada shijoat bilan ishga undashi shubhasiz. 

Foto: Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi

Ma'lumot uchun, taniqli kimyo olimi Ryodzi Noyori 2001 yilda katalitik asimmetrik sintez sohasidagi ishlanmasi uchun Nobel mukofotini olgan. Yaponiyaning ta'lim, madaniyat, sport, fan va texnologiyalar vazirligi ilmiy kengashining haqiqiy a'zosi va Birlashgan Millatlar Tashkilotining turli xil yetakchi loyihalari hamda AQSh, Xitoy xalq respublikasi, Yevropa mamlakatlari fanlar akademiyasining a'zosi. 2015 yildan buyon Yaponiya Fan va texnologiyalar agentligining strategiyasini rivojlantirish va tadqiq qilish Markazining Bosh direktori lavozimida faoliyat olib bormoqda.

Mavzuga oid
Top