01:07 / 29.08.2018
13434

Turkmanistonda suv tanqisligi sababli sholizorlar ag‘darib tashlanmoqda

Foto: Pixabay

Turkmaniston shimolidagi Shohsanam qishloq xo‘jalik massivida sholizorlarni ag‘darish boshlandi. Bunga dalalarni sug‘orish uchun suvning yo‘qligi sabab bo‘lmoqda, deb xabar berdi «Xronika Turkmenistana» nashri.

Nashrning xabar berishicha, kanallarda mutlaqo suv yo‘q. Mahalliy hukumat shuningdek, aholiga hovlilaridagi ekinlarni sug‘orishni ham taqiqlamoqda.

Buning oqibatida hududda guruchning bir kilosi narxi 10-12 manatdan 18–20 manatgacha ko‘tarilib ketdi. 10 manatga aholida talab unchalik katta bo‘lmagan import «Kubanskiy» guruchini sotib olish mumkin.

Top