16:02 / 29.08.2018
4323

«O‘z kasbining mohir ustasi» ko‘rik-tanlovining respublika bosqichi o‘tkazildi

2018 yilning 27 avgust kuni «O‘zbekenergo»AJda «O‘z kasbining mohir ustasi» ko‘rik-tanlovining respublika bosqichi bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 27 yilligiga bag‘ishlab o‘tkazilayotgan ko‘rik tanlovdan ko‘zlangan maqsad «O‘zbekenergo» AJ tizimidagi korxona va tashkilotlarda faoliyat ko‘rsatayotgan ishchi-xodimlarga mehnatsevarlik va o‘z ishini astoydil va jonkuyarlik bilan bajarish tuyg‘ularini singdirish, ishchi-xodimlarning ijtimoiy faolligini oshirish hamda ular orasida ustoz-shogird va do‘stlik munosabatlarini mustahkamlashdir.

Foto: O‘zbekenergo
Foto: O‘zbekenergo
Foto: O‘zbekenergo

Ko‘rik tanlovda «O‘zbekenergo» AJ respublika tizimi korxonalari xodimlari ishtirok etishdi. Tanlovda umumiy 10 ta nominatsiya: «Eng mohir mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi bo‘yicha muhandisi», «Eng mohir tezkor-dispetcherlik muhandisi», «Eng mohir abonentlarga xizmat ko‘rsatish bo‘limining operatori», «Eng mohir to‘la ta'mir guruhi ishchisi», «Eng mohir elektr tarmoqlariga xizmat ko‘rsatish sektorining elektr montyori», «Eng mohir operativ boshqaruv bo‘limining navbatchi-elektr montyori», «Eng mohir kasaba uyushmasi xodimi», «Eng mohir ish yurituvchi», «Eng mohir elektr-gaz payvandchi», «Eng mohir kabel liniyalarini ta'mirlovchi ishchi guruhi» yo‘nalishlari bo‘yicha g‘oliblar aniqlandi.

G‘oliblarga esdalik sovg‘alari topshirildi.

Foto: O‘zbekenergo
Foto: O‘zbekenergo
Foto: O‘zbekenergo

 

Top